Telegram Group Search
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qay biri to'g'ri?
Anonymous Quiz
64%
Imidj
36%
Imij
🔴 "Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Androgogik kompetensiyalar va ularni ta'lim jarayonini raqamlashtirishdagi o'rni" nomli monografiya chop etildi.

Ushbu monografiyada muallif tomonidan bugungi kunda andragogika haqida umumiy tushuncha va uning ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘rni, andragogikaning an’anaviy pedagogikadan asosiy farqlari, ta’limni raqamlashtirish sharoitida kompetentligining o‘rni va roli, androgogik kompetensiyalarni rivojlantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish kabi masalalar yoritilib berilgan.

💬 Ushbu monografiyada muallif ta’limni raqamlashtirishda andragogik kompetentligini takomillashtirish shart-sharoitlari chuqur tahlil qilinib, mutaxassislarning andragogik kompetentligini takomillashtirishda o‘quv va pedagogik faoliyatning maqsadlari va mazmunini loyihalash xususida mulohaza yuritilgan.

👍Mazkur monografiya pedagoglar, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va talabalariga, andragogik kompetensiyalar bilan qiziquvchi kitobxonlarga mo‘ljallangan.

📞 Murojaat uchun: +998 (97) 705-90-35

➡️ Batafsil

Obuna bo'ling👇
👉 @indep_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qay biri to'g'ri?
Anonymous Quiz
74%
Syujet
26%
Sujet
Sizni Qurbon hayiti bilan tabriklaymiz!

"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" jamoasi yurtimizga tinchlik, oilangizga salomatlik, ilmingizga rivoj va ijtimoiy hayotdagi harakatlaringizga barokat tilaydi!

Obuna bo'ling 👇
👉 @indep_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qay biri to'g'ri?
Anonymous Quiz
80%
Televideniye
20%
Televidenie
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴 "Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Integratsiya va iqtisodiy globallashuv" nomli darslik chop etildi.

Mazkur darslikda ikkita bir-biri bilan uzviy bog‘langan va bir-birini taqozo etadigan xalqaro iqtisodiy integratsiya va globalizatsiya masalalari ham nazariy, ham amaliy jihatdan yoritib berilgan.

💬Ushbu darslik dunyoning turli mintaqalarida ro‘y berayotgan zamonaviy iqtisodiy integratsiya jarayonlari bilan tanishishni o‘z ichiga oladi.

👍Darslikda xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarining zamonaviy xususiyatlari ochib berilgan bo‘lib, u 5231100 – Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun darslik sifatida tavsiya etiladi.

📞 Murojaat uchun: +998 (97) 705-90-35

➡️ Batafsil

Obuna bo'ling👇
👉 @indep_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qay biri to'g'ri?
Anonymous Quiz
12%
Valuta
88%
Valyuta
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴 "Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Mintaqada kichik biznesni rivojlantirish: kambag‘allikni qisqartirish, tajriba, imkoniyatlar" nomli monografiya chop etildi.

Jahonda kichik biznesni yanada rivojlantirish, uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardagi ulushini oshirish, aholi bandligini ta’minlash, mintaqada kambag‘allik darajasini qisqartirishda ushbu imkoniyatlardan foydalanishga qaratilgan ilmiy izlanish va tadqiqotlarga ehtiyoj ortib bormoqda.

💬 Monografiyada kambag‘allikni qisqartirishda kichik biznesni rolini oshirish, bu yuzasidan muvaffaqiyatli strategiya ishlab chiqish, sohada mavjud muammolar, tajribalar, samaradorlikka erishish yo‘llariga e’tibor qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

👍Monografiya iqtisodchilar, ilmiy izlanuvchilar, doktorantlar, professor-o‘qituvchilar, magistrlar va talabalar uchun mo‘ljallangan. Undan mintaqada kichik biznesni rivojlantirish asosida kambag‘allikni qisqartirish masalalariga qiziquvchi soha mutaxassislari va keng kitobxonlar ommasi ham foydalanishlari mumkin.

📞 Murojaat uchun: +998 (97) 705-90-35

➡️ Batafsil

Obuna bo'ling👇
👉 @indep_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qay biri to'g'ri?
Anonymous Quiz
60%
Tadbiq
40%
Tatbiq
🔴 "Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Aksiyadorlar jamiyatlarida moliyaviy natijalar va rentabellik tahlilini takomillashtirish" nomli monografiya chop etildi.

Ushbu monografiya uch bobdan iborat bo‘lib uning birinchi bobi “Moliyaviy natijalar va rentabellik tahlilining nazariy asoslari” deb nomlanadi, unda moliyaviy natijaga daxldor elementlar, ularning iqtisodiy mohiyati va zamonaviy jihatlari, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari boʻyicha moliyaviy natijalarni tahlil qilishning maqsadi, vazifalari va umumiy qoidalari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar rentabelligini tahlil qilishning ahamiyati tadqiq etilgan.

💬 Monografiyaning “Moliyaviy natijalar va rentabellik tahlilining amaldagi holati” deb nomlangan ikkinchi bobida moliyaviy natijalar tarkibi, strukturasi va dinamikasi tahlili, rentabellikni tahlil qilishning amaldagi holati, mahsulot ishlab chiqarish rentabelligini aniqlashni takomillashtirish yoʻnalishlari yoritilgan.

👍Monografiyaning “Moliyaviy natijalar va rentabellik tahlilini takomillashtirish” nomli uchinchi bobida xalqaro standartlar asosida moliyaviy natijalar tahlili axborot taʼminotini mukammallashtirish hamda aksiyadorlik jamiyatlarida rentabellik tahlil modellarini qoʻllashni takomillashtirish yoʻnalishlari keltirib oʻtilgan.

📞 Murojaat uchun: +998 (97) 705-90-35

➡️ Batafsil

Obuna bo'ling👇
👉 @indep_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qay biri to'g'ri?
Anonymous Quiz
65%
Xayriyat
35%
Hayriyat
🔴 "Инновацион ривожланиш нашриёт-матбаа уйи" томонидан "B2C бозорида маркетинг фаолиятини такомиллаштириш" номли монография чоп этилди.

Ушбу монографияда B2C бозорида маркетинг фаолиятининг илмий-назарий асослари, сабзавот маҳсулотлари чакана савдо тизими ва маркетингининг услубий жиҳатлари ёритилган. Сабзавот маҳсулотлари B2C бозорида мижозлар билан ўзаро муносабатлар маркетингидан фойдаланиш ҳолати таҳлил таҳлил қилиниб, истиқболда сабзавот маҳсулотлари B2C бозорида савдо самарадорлигини рақамлаштириш асосида ошириш йўллари кўрсатилган.

💬Монографиядан олий ўқув юртларининг иқтисодий йўналишларидаги талабалари ва профессор-ўқтиувчилари, илмий тадқиқотчилар, саноат корхоналарининг раҳбарлари ва иқтисодчилари, аҳоли турмуш даражасини ўрганувчи мутахассислар ва шу соҳага қизиқувчилар фойдаланишлари мумкин.

📞 Мурожаат учун: +998 (97) 705-90-35

➡️ Батафсил

Obuna bo'ling👇
👉 @indep_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/06/24 14:21:34
Back to Top
HTML Embed Code: